Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Eronga 5ta talab qo‘ydi
Foto: Nazanin Tabatabaee/WANA
Ukraina Erondan urib tushirilgan Boeing uchun «aybni to‘liq tan olishni» talab qildi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Facebook’dagi sahifasida yozgan.
Shuningdek, u Kiyevning Tehronga qo‘ygan beshta talabini sanab o‘tdi: birinchidan, Eron «to‘liq va ochiq» tergov o‘tkazishga va'da berishi kerak, ikkinchidan, aybdorlarni javobgarlikka tortishi shart, uchinchidan, halok bo‘lgan ukrainaliklarning jasadlarini qaytarishi lozim, to‘rtinchidan, tovon to‘lab berishi kerak. Shu bilan birga, Zelenskiy Erondan «diplomatik kanallar orqali rasmiy uzr so‘rashni» talab qildi.
Bundan tashqari, Ukraina yetakchisi Boeing 737’ning halokati bo‘yicha keyingi surishtiruv ishlarida «sun'iy kechikishlar» yuzaga kelmasligiga umid bildirdi. «Bizning 45 nafar mutaxassisimiz adolat o‘rnatish uchun barcha imkoniyatlarga ega bo‘lishi va holatni batafsil o‘rganishga kiritilishi kerak», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
8 yanvar kuni ertalab, Ukraina aviayo‘nalishlarining samolyoti Tehron aeroportidan parvozga ko‘tarilganidan keyin bir muncha vaqt o‘tib halokatga uchradi. Samolyot bortida jami 176 yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan to‘qqiz nafari ekipaj a'zolari edi. Halokat natijasida barcha insonlar halok bo‘ldi.
Bir qator Yevropa mamlakatlari, shu jumladan, Ukraina ham samolyotga raketa zarbasi berilgani haqidagi versiya mavjudligini inkor etmadi. Shu bilan birga, Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, shuningdek, AQShning qator ommaviy axborot vositalari razvedka xizmati va Oq uydagi manbalarga tayanib, Eron raketasi samolyotni tasodifan urib tushirgan bo‘lishi mumkinligini istisno etishmadi.
Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning Twitter’da ma'lum qilishicha, respublika rahbariyati Ukraina aviayo‘nalishlariga tegishli Boeing 737 samolyotining Tehron yaqinida qulashiga olib kelgan «kechirib bo‘lmaydigan xato» bo‘yicha ichki tekshiruvni davom ettiradi.
Mavzuga oid
21:49 / 19.01.2026
Eron prezidenti Oliy rahbarga suiqasd urush e’lon qilishga barobarligini aytdi
15:17 / 19.01.2026
Eron hokimiyati namoyishlar vaqtida 5000 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi
00:47 / 19.01.2026
Netanyahu Trampdan Eronga hujum qilmaslikni so‘ragan – OAV
16:04 / 18.01.2026