Jahon | 14:39 / 12.01.2020
13321
1 daqiqa o‘qiladi
Hindistonda Ummon sultoni vafoti munosabati bilan umummilliy motam e'lon qilindi
Hindiston hukumati 13 yanvarni Ummon sultoni Qobus bin Said Al Said vafoti bilan umummilliy motam kuni deb e'lon qildi. Bu haqda Hindiston tashqi ishlar vazirligi ma'lum qilgan.
11 yanvarda Ummonni 1970 yildan beri boshqarib kelgan sulton 79 yoshida uzoq davom etgan kasallikdan vafot etgani ma'lum bo‘lgan.
“Oliy hazratlari Qobus bin Said Al Said 10.01.2020 da vafot etdi. Oliy martabali shaxs bo‘lgan marhumga hurmat izhori sifatida Hindiston hukumati uning xotirasiga 13.01.20da butun Hindiston bo‘ylab bir kunlik motam e'lon qilinishiga qaror qildi”, deyilgan vazirlik xabarida.
Ushbu kun Hindiston bayroqlari tushirib qo‘yiladi hamda rasmiy ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilmaydi.
Mavzuga oid
15:54
Hindistondagi kasalxonada vafot etgan erkak krematsiyadan oldin o‘ziga keldi
15:45 / 21.11.2024
Ummon O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilmoqchi
20:58 / 19.11.2024
Putin Hindistonga boradi
16:43 / 17.11.2024