O‘zbekiston | 22:00 / 13.01.2020
9442
1 daqiqa o‘qiladi

Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimligiga tasdiqlandi

Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari viloyat Kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada viloyat hokimini lavozimga tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi va Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari O.Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  tomonidan Xorazm viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzod 22-O‘rtayop saylov okrugidan saylangan deputat Ermanov Farxod  Urazboyevichning nomzodini xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi sessiyasida tasdiqlash to‘g‘risida taqdimnoma kiritilganligini bildirdi va uni o‘qib eshittirdi.  

Sessiyada so‘zga chiqqan  Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari rahbarlari Prezidentimiz tomonidan Xorazm viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan Farhod Ermanov nomzodini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashdi.

Mavzuga oid