Prezident matbuot kotibi xabariga köra, u Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi tomonidan Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi raisi lavozimiga tasdiqlandi.

Avvalroq Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi Raisi lavozimini egallab kelgan Qahramon Sariyev prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari böyiça maslahatçisi birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangandi. 

Farhod Ermanov 1958 yil Qoraqalpoğiston Respublikasi, Amudaryo tumanida tuğilgan. 1981 yilda Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti, 1996 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti böyiça mutaxassisligi: muhandis-mexanik, iqtisodçi.

U mehnat faoliyatini 1975 yilda Amudaryo tumani Manğit şahri profilaktika-dezinfeksiyalaş bölimi işçisi lavozimidan boşlagan.

Farhod Ermanov 1995-1998 yillarda Amudaryo tumani hokimi, 1998-2002 yillarda Amudaryo tumani "Manğit" xöjaligi raisi, 2002-2003 yillarda Amudaryo tumani hokimining qişloq va suv xöjaligi böyiça birinçi örinbosari, tuman qişloq va suv xöjaligi boşqarmasi boşliği, 2003-2004 yillarda Amudaryo tumani qişloq va suv xöjaligi bölimi boşliği bölgan.

2004-2010 yillarda Qoraqalpoğiston qişloq va suv xöjaligi vaziri, 2010-2018 yillarda Beruniy tumani hokimi, 2018 yil 21 apreldan Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi sifatida işlagan. 2018 yil 30 noyabrdan Xorazm viloyati hokimi etib tasdiqlangan.