O‘zbekiston | 15:26 / 15.01.2020
6847
1 daqiqa o‘qiladi

Vazirlik: Qashqadaryo viloyatida 50ta MTT ochiladi

Qashqadaryo viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi tomonidan ayni vaqtda katta tadbir amalga oshirilmoqda. Bu haqda Maktabgacha ta'lim vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 15 yanvar kuni bu yerda 50 ta maktabgacha ta'lim tashkilotining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ulardan 16 tasi davlat, 34 tasi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlaridir. Ushbu MTT ochilishi bilan 3-7 yoshdagi 2905 nafar bola maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinadi, shuningdek, 170 nafar fuqaro doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi.

Bildirilishicha, 2020 yilda viloyatda 455 ta MTT ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Ushbu MTTning ishga tushishi hozirgi 110 532 nafar qamrovni 138 759 taga, ya'ni 38.7 foizdan 47.6 foizga oshiradi.

Ushbu MTTda 1100 ta bo‘sh ish o‘rinlari yaratiladi, deyilgan ma'lumotda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid