Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haydovchi YPX xodimiga pora berayotganda qo‘lga olindi
Illyustrativ foto
Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPXB YPX 3-otryadi 3-safarbarlik guruhi yo‘l patrul xizmati inspektori I.Qorayev xizmat taqsimotiga ko‘ra 2020 yil 17 yanvar kuni soat 12:30larda, “Qarshi-Nishon-Tallimarjon” avtomobil yo‘lida xizmat olib borgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida aytilishicha, shu jarayonda “Gaz-53” rusumli avtomobil haydovchisi xavfsizlik kamaridan foydalanmasdan boshqarib kelayotganligi sababli to‘xtatib, avtomashinani ko‘zdan kechirish jarayonida haydovchi O‘.M., transport vositasini texnik nosoz holda boshqarib yurganligini aniqlab unga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirib, transport vositasini vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirgan.
Shu vaqtda YPX inspektori I.Qorayevning xizmat faoliyatni nazorat qilib yurgan YPX 3-otryadi komandirining o‘rinbosari J.Shamsutdinov joyiga yetib borgan vaqtida haydovchi O‘.M. javobgarlikdan qochish maqsadida unga 600 ming so‘m pullarni pora tariqasida taklif qilgan.
Xodimlarni bildirgisiga ko‘ra, o‘tkazilgan tezkor tadbirda davomida shu kuni soat 21:00larda fuqaro O‘.M. YPX 3-otryadi komandirining o‘rinbosari J.Shamsutdinovga 600 ming so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:49 / 30.12.2025
Farg‘onada sud boshqaruvchisi yordamchisi pora bilan ushlandi
14:14 / 28.12.2025
Qashqadaryodagi dahshatli avtobus halokati, 26 qurbon va 2 ming so‘m “pora” – sudlangan IIB xodimi 16 yildan so‘ng oqlandi
08:27 / 25.12.2025
Namanganda ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
08:41 / 24.12.2025