Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OCh-2020. Avstraliya Suriyani mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi
Osiyo chempionati (U-23) chorak finali doirasida 120 daqiqa davom etgan Avstraliya – Suriya o‘yini yakunlanib, yana bir yarim finalchi nomi ma'lum bo‘ldi.
Qo‘shimcha bo‘limlargacha davom etgan o‘yinning 102-daqiqasida Al-Hassan Turening goli Avstraliya olimpiya jamoasiga Suriya ustidan g‘alaba keltirdi.Natijada okeaniyaliklar chorak finalda turnir mezbonlari Tailandni yengib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Saudiya Arabistonidan keyingi ikkinchi jamoa bo‘lishdi.
Avstraliya yarim finalda Janubiy Koreya – Iordaniya o‘yini g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Osiyo chempionati. 1/4 final.
18 yanvar (shanba)
Avstraliya - Suriya – 1:0
Gol: Al-Hassan Ture (102).
Eslatib o‘tamiz, chorak finalning yana ikkita uchrashuvi ertaga, 19 yanvar kuni o‘tkazilib, Janubiy Koreya – Iordaniya, BAA – O‘zbekistonga qarshi maydonga tushadi.
Mavzuga oid
22:03 / 20.04.2025
Fantastik final. O‘zbekiston o‘smirlari 9 kishi bo‘lib o‘ynab Osiyo chempioniga aylandi
12:49 / 14.02.2025
Chempionlar vatanga qaytishdi
15:20 / 12.02.2025
O‘zbekiston amputantlar jamoasi Osiyo chempioni bo‘ldi
17:48 / 11.12.2024