Sport | 22:06 / 21.01.2020
4023
1 daqiqa o‘qiladi

Talabalar o‘rtasidagi “Universiada” sport o‘yinlari boshlanmoqda 

23 yanvardan boshlab, O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida sportning 12 ta turi bo‘yicha o‘tkazib kelinadigan “Universiada” sport o‘yinlarining final bosqichiga start beriladi

Xususan, 23–26 yanvar kunlari Navoiy shahrida o‘tkaziladigan shaxmat va shashka bahslarida 100 nafarga yaqin talaba-yoshlar g‘oliblik uchun bahs olib borishadi. 

2000 yildan buyon tashkillashtirib kelinayotgan mazkur sport musobaqalari bu yildan boshlab yangi shaklga o‘tkazildi. Joriy yildan e'tiboran “Universiada” sport o‘yinlari respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilib, 4 iyunga qadar davom etadi. 

O‘tkaziladigan bellashuvlarda 1 500 nafardan ortiq talaba qatnashadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid