Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madaniyat vazirining vazifasi asosan yubiley tadbirlarni o‘tkazishmi?
14 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish hamda respublika hukumatining 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev so‘zga chiqdi va turli sohalardagi bir qator muhim kamchiliklar haqida so‘z yuritdi.
“Bizda bolalar sporti, oliy sport mahorati va olimpiya rezervlarini rivojlantirish bo‘yicha qudratli baza yaratilgan. Yana qanday baza, qo‘shimcha shart-sharoit va vositalar kerak?
Ana shu muammolar ichiga chuqur kirib borish zarur. Shu munosabat bilan quyidagi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi:
birinchi – qishloq vrachlik punktlari, yuqori texnologiyalar asosidagi ixtisoslashgan markazlar va tez tibbiy yordam stansiyalari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ularga doir topshiriqlarni amalga oshirish yuzasidan takliflarni va tegishli hujjatlar loyihalarini tayyorlashni tezlashtirish zarur;
ikkinchi – vrachlar va tibbiyot xodimlari malakasini ham mamlakatimizda, ham yetakchi xorijiy klinikalarda oshirish bo‘yicha ta'sirchan tizim yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish darkor. Zarur bo‘lsa, ularni moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar kiritish kerak;
uchinchi – 340 nomdagi dori vositalari va tibbiyot buyumlari chegaralangan narx bo‘yicha sotilishini nazorat qiluvchi organlar bilan birga qat'iy tartibga solish zarur. Har bir fuqaro qabul qilayotgan qarorlarimiz real foyda berayotganini sezishi kerak.
Shu bilan birga, o‘tgan yili sentabr oyida tasdiqlangan 2016-2020 yillarda farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha dastur samarali bajarilishini ta'minlash darkor;
to‘rtinchi – qariyalar va nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tasdiqlangan dasturni amalga oshirish alohida nazoratga olinishi kerak. Har bir imtiyoz va ijtimoiy himoya chorasi o‘z egasiga yetib borishi darkor;
beshinchi – Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari O.Ramatov bilan birgalikda ekologiya sohasidagi ishlar ahvolini yaxshilash, eng avvalo, joylarda chiqindilar bilan ishlash sohasida davlat nazoratini kuchaytirish bo‘yicha takliflarni yaqin vaqt ichida taqdim etish zarur;
oltinchi – siz va shaxsan madaniyat va sport ishlari vaziri B.Ahmedovning e'tiborini jismoniy tarbiya va sport sohasida yaratilgan qudratli bazadan samarali foydalanish zarurligiga qarataman.
«Umid nihollari», «Barkamol avlod» va Universiada musobaqalari bilan chegaralanib qolish kerak emas. Iqtidorli o‘smir va qizlarni tanlab olish va tarbiyalash bo‘yicha jiddiy seleksiya ishlarini amalga oshirish zarur.
Ta'kidlash kerakki, vazir B.Ahmedovning bugungi majlisimizga tayyorlab kelgan jonsiz hisoboti hech qanday tanqidga chidamaydi. Bu hisobotda na tahlil, na aniq taklif bor. Aftidan, aynan shuning uchun ham sizning madaniyatni rivojlantirish sohasidagi ishlaringiz asosan yubiley tadbirlarini o‘tkazish bilan cheklanib qolyapti. Siz ham, o‘rinbosarlaringiz ham bu sohaga yangicha mazmun kiritib, vaziyatni tubdan yaxshilashga harakat qilmayapsizlar”, - degan O‘zbekiston rahbari.
Mavzuga oid
23:15 / 24.08.2025
Mirziyoyev Zelenskiyga tabrik yo‘lladi
19:16 / 28.07.2025
O‘zbekiston Butunjahon yozgi Universiadani 13-o‘rinda yakunladi
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024