Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda TBC Bank tijorat banki tashkil etilmoqda
Foto: Alexander Imedashvili
Markaziy bank bank tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnoma berilganligi to‘g‘risida axborot bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Bank nazorati qo‘mitasi 2020 yil 20 yanvarda “TBC Bank Group PLC” kompaniyasi Toshkent shahrida “TBC Bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnoma berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Dastlabki ruxsatnoma olti oy muddatga beriladi. Ushbu davr mobaynida muassis tomonidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun tegishli tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshirilishi va bank ustav kapitali shakllantirilishi lozim.
TBC Bank - Gruziyadagi yetakchi bank bo‘lib, asosiy ofisi Tbilisida joylashgan. TBC Bank atamasi kompaniyaning birinchi nomini anglatadi, u 1992 yilda shu nomga ega bo‘lgan: Tbilisi Business Centre (Tbilisi Biznes-markazi).
Mavzuga oid
22:31 / 13.03.2026
Toshkentdagi tirbandlik sabab avtobuslar intervali 45 daqiqagacha uzaymoqda – Transport bosh boshqarmasi
22:21 / 12.03.2026
“Yechim – tezlikni tushirish” - hokim o‘rinbosari Toshkentda YTHlar ko‘pligi haqida
19:41 / 12.03.2026
Do‘konli bekatlarning deyarli hammasida noqonuniy qurilish bor – YHTM
13:59 / 12.03.2026