Osiyo chempionati-2020 laureatlari e'lon qilindi
Osiyo chempionati (U-23) finali Janubiy Koreya – Saudiya Arabistoni (1:0) uchrashuvidan keyin tashkilotchilar tomonidan turnir laureatlari taqdirlandi.
Janubiy Koreya olimpiya jamoasi musobaqaning bosh sovrini va oltin medallarini qo‘lga kiritish bilan birga jamoa tarkibidagi Von Du-Jae musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Shuningdek, koreyslar posboni Son Bum Keun turnirning eng yaxshi darvozaboni deya taqdirlandi.
Mezbon sanalmish Tailand olimpiya jamoasi hujumchisi Yaroensak Vonggorn esa Osiyo chempionatining eng yaxshi to‘purari deb topildi. Tailandliklar forvardi musobaqada 3ta golga mualliflik qilgan. Shuningdek, yana 4 futbolchi turnirda 3tadan gol kiritishgandi.
(U23) Osiyo chempionati-2020 laureatlari:
«Eng yaxshi o‘yinchi» - Von Du-Jae (Janubiy Koreya)
«Eng yaxshi darvozabon» - Son Bum Keun (Janubiy Koreya)
«Eng yaxshi to‘purar» - Yaroensak Vonggorn (Tailand).
Mavzuga oid
11:40 / 27.01.2020
Hisobot. O‘zimizga o‘zimiz yutqazganimiz haqida
00:12 / 27.01.2020
Bizni yengganlar finali. Chempionlik o‘yinidan fotogalereya
21:22 / 21.01.2020
Drulovich G‘aniyev bilan bellashganda. Saudiya bilan o‘yinoldi mashg‘ulotdan fotogalereya
22:04 / 16.01.2020