Tolimarjon IESni xususiylashtirish bo‘yicha bitim imzolandi
Abu-Dabidagi Mubadala investitsiya kompaniyasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ bilan Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasini xususiylashtirish va rivojlantirish bo‘yicha bitim imzoladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kelishuv Tolimarjon energetika kompleksini xususiylashtirish, rivojlantirish, moliyalashtirish va ekspluatatsiya qilishning mexanizmlari va shartlarini belgilaydi.
Amirlik tomonidan obektning aksiyalarini sotib olish va xususiylashtirish jarayoni 2020 yilning uchinchi choragida reja qilingan. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri buni tarixiy hamkorlik deb atadi.
Ma'lumot uchun, Mubadala Birlashgan Arab Amirliklarining davlat investitsiya kompaniyasidir. Kompaniyaning investitsiya portfeli 200 milliard dollarga teng bo‘lib, uning tarkibi yoqilg‘i-energetika tarmog‘i, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, metallurgiya, aerokosmik sektorlari, tog‘-kon sanoati hamda sog‘liqni saqlash sohalaridagi aktivlardan iborat.
Masdar — Mubadala investitsiya xoldingining sho‘'ba kompaniyasi bo‘lib, dunyoda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha yetakchi xalqaro kompaniyalardan biri.
Mavzuga oid
16:31
Xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi
15:44 / 21.11.2024
Toshkentdagi International va Lotte mehmonxonalari xususiylashtirildi
11:04 / 19.11.2024
Istirohat bog‘lari, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirish taqiqlanishi mumkin
17:10 / 18.11.2024