Abu-Dabidagi Mubadala investitsiya kompaniyasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi va «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ bilan Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasini xususiylaştiriş va rivojlantiriş böyiça bitim imzoladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kelişuv Tolimarjon energetika kompleksini xususiylaştiriş, rivojlantiriş, moliyalaştiriş va ekspluatatsiya qilişning mexanizmlari va şartlarini belgilaydi.

Amirlik tomonidan obektning aksiyalarini sotib oliş va xususiylaştiriş jarayoni 2020 yilning uçinçi çoragida reja qilingan. Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri buni tarixiy hamkorlik deb atadi.

Ma'lumot uçun, Mubadala Birlaşgan Arab Amirliklarining davlat investitsiya kompaniyasidir. Kompaniyaning investitsiya portfeli 200 milliard dollarga teng bölib, uning tarkibi yoqilği-energetika tarmoği, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, metallurgiya, aerokosmik sektorlari, toğ-kon sanoati hamda soğliqni saqlaş sohalaridagi aktivlardan iborat.

Masdar — Mubadala investitsiya xoldingining şö'ba kompaniyasi bölib, dunyoda qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantiriş böyiça yetakçi xalqaro kompaniyalardan biri.