«Andijon hududiy elektr tarmoqlari» jamiyati matbuot anjumani o‘tkazdi
«Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» viloyatda faoliyat olib boruvchi OAV xodimlari va blogerlar bilan ochiq muloqot tashkil etdi.
Anjuman avvalida jamiyat Bosh direktori Ahadjon Jo‘rayev 2019 yil mobaynida jamiyat tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma'ruza qildi.
Jamiyat tomonidan viloyatdagi 16 ming tashkilot va 610 ming aholi iste'molchilariga elektr energiyasi yetkazib berilmoqda. 2019 yil davomida jami 3,2 mlrd.kVt soat yoki 1 trln.so‘mlik, o‘tgan yilga nisbatan 10% ko‘proq elektr energiyasi yetkazib berildi.
2019 yilda «Zavroq» va «Oltin vodiy» PS.larga 2 dona 25 000 kVA transformator, «Oliygoh», «Chinobod», «Kamolot», «Xidirsha», PS.larga 4 dona 10 000 kVA transformator, «KFK» PS.ga 1 dona 6300 kVA transformator, «Orom» va «Paytug» PS.lariga 2 dona 4 000 kVA transformator olib kelinib, jami 9 dona 104300 kVA kuch transformatorlari o‘rnatildi. Natijada Andijon, Asaka, Baliqchi, Izboskan, Oltinko‘l, Xo‘jaobod, Shaxrixon tumanlari hamda Andijon shahri elektr ta'minoti yaxshilandi.
Korxona moddiy-texnika bazasini takomillashtirish hamda ishchi xodimlarga transport xizmatini yaxshilash maqsadida 4 dona yengil avtomashinalar, 2 dona avtokran manipulyator, 4 dona yamobur, 1 dona kamaz yuk avtomashinasi, 1 dona avtobus xarid qilindi.
Ushbu ishlarni bajarish uchun jami 65 mlrd.so‘m mablag‘ sarflandi.
Iste'molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasini o‘z vaqtida hisob-kitob qilish va mablag‘larni undirish maqsadida Andijon, Xonobod shaharlari hamda Andijon, Asaka tumanida jami 650 ming dona «Ex 1836395 DDC-28Y» turdagi zamonaviy hisoblagichlar o‘rnatilib, shundan 58680tasi ASKUE tizimiga ulandi.
Jamiyat tarkibida tashkil qilingan metall konstruksiyalar ishlab chiqarish sexi tomonidan 2019 yilda 11 ming donadan ziyod qurilmalar ishlab chiqarilib, jamiyatga 554 mln.so‘m iqtisod qilindi.
Jamiyatga yil boshidan buyon kelib tushgan murojaatlarning barchasi qanoatlantirilgan. Murojaatchilarga qulaylik yaratish maqsadida jamiyatning Telegram, Facebook ijtimoiy tarmoqlarda sahifalari ishga tushirilgan. Shuningdek, 24 soat mobaynida qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish uchun «Call center» bo‘limi (6 nafar xodim) tashkil qilindi.
Andijon viloyatiga 2020 yil davomida jami 4720,0 mln. kVt.soat, jumladan aholiga 2218,4 mln. kVt.soat va ulgurji iste'molchilarga 2501,6 mln kVt.soat elektr energiyasi yetkazib berish rejalashtirilgan. Bu – 2019 yilga nisbatan 717 mln.kVt.soatga ko‘p.
Korxona rahbarining ma'ruzasidan so‘ng jurnalistlar savollariga javob berildi. Mutasaddilar oxirgi kunlarda elektr ta'minotida ro‘y berayotgan uzilishlar bo‘yicha izoh berib o‘tishdi.
Bundan tashqari, jurnalistlarning elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan «ASKUE» tizimi bo‘yicha o‘rnatilgan hisoblagichlarning ishlashidan aholining norozi bo‘layotgani haqidagi ham savollariga ham javob berildi.
Elmurod Ermatov.
Mavzuga oid
22:42 / 17.09.2024
Toshkentda Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati cheklanadi
15:21 / 20.08.2024
O‘zbekistonda hududiy elektr tarmoqlari boshqaruvini xususiy sektorga berish boshlanadi
20:26 / 07.08.2024
Elektr energiyasi hisobi uchun yangi billing dasturi ishga tushirildi
18:47 / 31.07.2024