Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazir o‘rinbosari: O‘zbekiston yaqin yillarda Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi
Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Qosimov o‘smirlar o‘rtasidagi III qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilishi munosabati bilan Lozannada bo‘lib, Osiyo olimpiya kengashining Osiyo o‘yinlari departamenti direktori Haydar Farmon bilan uchrashdi.
«Lozannada Osiyo olimpiya kengashining Osiyo o‘yinlari departamenti direktori Haydar Farmon bilan ham ko‘rishdik. Uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonda 2025 yili yoshlar o‘rtasidagi IV Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha suhbatlashdik va bu borada zarur kelishuvlarga erishildi», deya Qosimovning so‘zlarini keltirmoqda vazirlik matbuot xizmati.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Haydar Farmon shu yil mart oyida Osiyo olimpiya kengashi prezidenti Shayx Ahmad Al-Fahad Al-Saboh O‘zbekistonga tashrif buyurib, tegishli hujjatlar imzolanishini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2030 yilda XXI yozgi Osiyo o‘yinlari mezbonligi uchun ariza bergan. Ushbu turnir mezbonligiga Qatar, Hindiston va Filippin ham da'vogar hisoblanadi.
«BCW kompaniyasi rahbariyati bilan ayni shu xususda muzokaralar olib borildi. Ular so‘nggi yillarda O‘zbekistonda yirik sport musobaqalarini qabul qilish yo‘lida katta hajmdagi ishlar olib borilayotgani, yurtimizda zamonaviy sport infratuzilmasi yaratilayotganini alohida e'tirof etishdi. BCW kompaniyasi tomonidan yurtimizda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan 2025 yilgi yoshlar o‘rtasidagi IV yozgi Osiyo o‘yinlari hamda 2030 yilgi XXI yozgi Osiyo o‘yinlari bo‘yicha shu yilning may oyiga qadar ish reja taqdim qilishlarini bildirishdi», degan vazir o‘rinbosari.
Mavzuga oid
22:44 / 14.12.2025
O‘zbekiston para sportchilari yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi
19:25 / 03.11.2025
Osiyo yoshlar o‘yinlarining sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlandi
22:14 / 31.10.2025
Toshkent 2029 yilda IV Osiyo yoshlar o‘yinlariga mezbonlik qiladi
18:16 / 31.10.2025