KXDR Xitoy bilan temir yo‘l va avia qatnovini to‘xtatdi
Koronavirus tarqalishi sababli qator davlatlar aviakompaniyalari Xitoyga parvozlarni kamaytirmoqda yoki to‘xtatmoqda.
KXDR hukumati koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida 31 yanvardan boshlab Xitoy bilan temir yo‘l qatnovini to‘xtatdi. Bu haqda Rossiyaning Pxenyandagi elchixonasi xabar berdi.
Elchixonaning Facebook ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirilgan xabarida aytilishicha, yangi turdagi koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarga muvofiq, 31 yanvardan boshlab Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi temir yo‘l va avia qatnovi noma'lum muddatga to‘xtatilgan.
Avvalroq Italiya o‘z hududida koronavirusdan kasallanish bilan bog‘liq 2 ta holat tasdiqlangach, Xitoy bilan aviaaloqani to‘xtatishga qaror qilgandi.
Bundan tashqari, Isroil ham Xitoydan keluvchi aviareyslarni qabul qilmaslikka qaror qildi.
Koronavirus tarqalishi sababli qator davlatlar aviakompaniyalari Xitoyga parvozlarni kamaytirmoqda yoki to‘xtatmoqda.
Jumladan, avvalroq Janubiy Koreyaning Air Seoul, Asiana Airlines, Jeju Air va Jin Air, Indoneziyaning Lion Air, Finlyandiyaning Finnair, Makaoning Air Macau, Singapurning Cathay Pacific Airways va Jetstar Airways, Kanadaning Air Canada, AQShning American Airlines, Delta va United, Germaniyaning Lufthansa, Fransiyaning Air France, Britaniyaning British Airways aviakompaniyalari parvozlarni to‘xtatgandi.
Bu aviakompaniyalar qatoriga Turkiyaning eng yirik aviakompaniyasi Turkish Airlines ham qo‘shildi. Aviakompaniya bayonotida ta'kidlanishicha, Pekin, Guanchjou, Shanxay va Sian shaharlariga 9 fevralgacha aviareyslar bekor qilinadi.
Mavzuga oid
18:54 / 09.11.2024
Seul: Shimoliy Koreya GPS-signallarni uzib, kemalar va aviatsiyaga xalaqit bermoqda
13:49 / 09.11.2024
Rossiyaga o‘qish maqsadida rekord darajada KXDR fuqarolari kirib keldi
11:17 / 07.11.2024
Federatsiyalar kengashi RF va KXDR hamkorligi shartnomasini ratifikatsiya qildi
14:04 / 06.11.2024