Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Xitoy bilan aviaaloqani cheklamoqda
Rossiya koronavirus epidemiyasi sababli 1 fevraldan Xitoy bilan aviaaloqani cheklaydi.
Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova virusning tarqalishiga qarshi kurashish tezkor shtabi yig‘ilishi natijalariga ko‘ra ma'lum qildi.
Golikovaning aytishicha, “Aeroflot”ning Pekin, Shanxay, Guanchjou va Hongkongga va Xitoyning 4 ta aviakompaniyasining “Sheremetevo” aeroportiga muntazam reyslaridan tashqari, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi barcha havo yo‘nalishlari yopiladi.
Ta'kidlanishicha, Xitoydan barcha samolyotlar Sheremetevoning F terminaliga qo‘nadi. Zarurat bo‘lsa bu reyslar yo‘lovchilari tibbiyot muassasalariga jo‘natiladi.
“Aeroflot”dan tashqari Rossiyadan Xitoyga S7 va “Uralskiye avialinii”, Xitoydan “Sheremetevo”ga esa Air China, China Southern, China Eastern, Beijing Capital, Hainan Airlines aviakompaniyalari muntazam reyslar amalga oshiradi.
Avvalroq Rossiyada koronavirus yuqtirib olgan ilk ikki bemor aniqlangani, ular Baykalorti o‘lkasi va Tyumen oblastidagi xitoylik fuqarolar ekani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
07:38
Rossiya va Ukraina vaqtinchalik sulh e’lon qildi
09:23 / 04.05.2026
Rossiya 2024 yildan beri birinchi marta Ukraina bilan urushda hududlarini yo‘qota boshladi
16:56 / 01.05.2026
Urush odatga aylandi. Dunyo otalar uyiga tobutda qaytayotganiga o‘rganib qoldi
21:18 / 30.04.2026