Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways 4 fevraldan Xitoyga aviaqatnovlar to‘xtatilishini e'lon qildi
Uzbekistan Airways kompaniyasi koronavirus epidemiyasi sababli 4 fevraldan Xitoyga doimiy aviaqatnovlar vaqtinchalik to‘xtatilishi haqida xabar qildi.
«4 fevraldan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi koronavirus tarqalishi sababli Xitoyga (Pekin va Urumchi) muntazam reyslarni vaqtincha to‘xtatib qo‘yadi.
Prezident farmoyishi bilan respublika maxsus komissiyasi tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Xitoydan qaytarish va mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish bilan shug‘ullanadi», deyiladi aviakompaniya matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida 2019-nCoV koronavirusi tarqala boshladi va shu kunga qadar bu virus yuqishi oqibatida 305 kishi halok bo‘ldi, yana 14 mingdan ortiq kishida virus aniqlanib, ular maxsus sharoitda davolanmoqda. Shuningdek, Xitoydan tashqarida 20dan ortiq davlatda shu virus bilan kasallanganlar qayd etilgan.
Bundan avvalroq Xitoyda tarqalgan koronavirus O‘zbekistonga kirib kelishining oldini olish va epidemiya tarqalgan hududdan fuqarolarni vatanga qaytarish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzilgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
18:47 / 21.08.2025
Uzbekistan Airways yo‘lovchilar shaxsiy ma’lumotlari tarqab ketgani haqidagi xabarni rad etdi
19:00 / 14.08.2025
Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!
15:47 / 06.08.2025