Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda virus qurbonlari soni 361 nafarga yetdi
Xitoyda yangi koronavirusdan vafot etganlar va kasallanganlar soni tobora oshmoqda. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, virusdan bir kun ichida 57 kishi vafot etdi.
Foto: EPA-EFE/STRINGER
Shu tariqa, epidemiya boshlangandan beri uning qurbonlari soni 361 nafarga yetdi, kasallanganlar esa yana 2829 kishiga ko‘payib, 17205 nafarni tashkil qilmoqda.
56 ta o‘lim virus tarqalish o‘chog‘i hisoblangan Xubey viloyatida, yana bittasi Chunsin shahrida qayd etilgan.
Mamlakatda 152,7 ming kishi virus yuqtirganlikka gumon ostida qolmoqda. 475 kishi muvaffaqiyatli davolash kursidan so‘ng shifo topgan.
Bir kun avval virus qurbonlari soni 304 nafarni, kasallanganlar esa 14,4 ming kishini tashkil etayotgani ma'lum qilingandi.
South China Morning Post nashrining xabar berishicha, Xitoydan tashqarida dunyo bo‘ylab 182 kishi virusga chalingan.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026