Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirzo Ulug‘bek tumani hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Bobur Jo‘rayev Mirzo Ulug‘bek tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Bobur Jo‘rayev 1986 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 2007-2009 yillarda Toshkent davlat pedagogika universitetini bakalavr-magistratura yo‘nalishlarini tamomlagan. 2015 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan. 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligining Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari, tuman hokimligi Apparati rahbari lavozimida ishlagan.
Shuningdek, Sevara Husanova Mirzo Ulug‘bek tuman hokimining o‘rinbosari, tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.
Sevara Husanova 1971 yil 1 iyulda Toshkent viloyatida tavallud topgan. 1995 yilda Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti tamomlagan.
2011-2017 yillarda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 8-son oilaviy poliklinika bosh shifokori, 2017 - 2020 yillarda Mirzo Ulug‘bek tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Shavkatbek Ergashev Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi sifatida ishlab kelmoqda.
Mavzuga oid
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
10:20 / 08.01.2026
Toshkentda Onix avtomobili GAZ-63 bilan to‘qnashdi, yo‘lovchi vafot etdi
11:09 / 05.01.2026