Qozog‘iston Xitoyga barcha turdagi pochta jo‘natmalarini to‘xtatdi
Xitoyga hamda tranzit yo‘li bilan Xitoy orqali jo‘natma yuboriladigan mamlakatlarga pochta jo‘natmalarini yuborish to‘xtatilgan.
Qozog‘istonning "Kazpochta" pochta operatori Xitoyga jo‘natiladigan barcha turdagi pochta jo‘natmalarini to‘xtatdi.
"Xitoy pochta ma'muriyatining tashabbusi bilan Xitoy va Qozog‘iston o‘rtasida avto, avia va temir yo‘l qatnovi orqali pochta almashinuvi bekor qilindi", - deb xabar berdi "Kazpochta".
Kompaniyaning aniqlik kiritishicha, Xitoyga hamda tranzit yo‘li bilan Xitoy orqali jo‘natma yuboriladigan mamlakatlar: Bangladesh, Bruney, Butan, Birma, Kamboja, Malayziya, Mongoliya, Nepal, Laos, Shimoliy Koreya, Tailand, Shri-Lanka, Filippin, Tayvanga pochta jo‘natmalarini yuborish to‘xtatilgan.
2 fevralda Qozog‘iston Xitoyning Uxan shahridan 83 nafar fuqarosini vatanga qaytargandi.
Mavzuga oid
08:30
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
16:07 / 19.09.2024
Qozog‘iston 2022 yildan beri 2,3 mlrd dollarlik aktivlarni davlat hisobiga qaytardi
12:30 / 17.09.2024
Shols Qozog‘istonda hamkorlikni kuchaytirish rejalari haqida ma’lum qildi
18:55 / 16.09.2024