Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergeli tumanida avtobus ag‘darilib ketdi
Sergeli tumanida avtobus va yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, natijada avtobus ag‘darildi
Joriy yilning 7 fevral kuni soat 17:45 atrofida poytaxtning Sergeli tumani Nilufar va Nilufar-3 tor ko‘chalari chorrahasida avtobus va yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
“Toshshahartransxizmat” ma'lumotlariga ko‘ra, 12-avtobus saroyi tasarrufidagi 117-yo‘nalishda qatnovchi "Isuzu" rusumidagi avtobus o‘z yo‘nalishi bo‘yicha birinchi darajali yo‘ldan, ya'ni Nilufar ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda, ikkinchi darajali yo‘ldan ya'ni, Nilufar 3-tor ko‘chasidan harakatlanib kelayotgan “Captiva” rusumidagi yengil avtomobili avtobusning chap orqa qismiga bergan zarbi natijasida avtobus o‘z muvozanatini yo‘qotib, ag‘darilgan.

YTH natijasida ikki nafar yo‘lovchi yengil shikastlandi va ularga tez tibbiy yordam ko‘rsatildi. Hodisa yuzasidan YHXB tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Hurmatli haydovchilar! Avtomobil yo‘llarining tartibga solinmagan qismlarida yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling, hushyor bo‘ling”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
10:05 / 22.06.2026
Yozgi issiqda avtobuslarda konditsionerlar ishi tekshirilmoqda
08:51 / 22.06.2026
Toshkentda avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklarga deliniatorlar o‘rnatilmoqda
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
21:03 / 06.06.2026