Foto: Britaniyaga kuchli dovul yopirildi
Yakshanba kuni Buyuk Britaniyada «Siara» dovuli kirib kelishi munosabati xavflilikning sariq darajasi e'lon qilindi. Ayni vaqtda mamlakatning barcha hududlarida kuchli shamol esib, yomg‘ir quymoqda.
Sinoptiklar ma'lumotiga ko‘ra, shamol tezligi soatiga 90 milni (144 km) tashkil etadi. Mamlakatning turli hududlarida jiddiy suv toshqinlari yuzaga kelish xavfi bor.
Ko‘plab aviakompaniyalar, jumladan British Airways ko‘plab xalqaro va ichki reyslarini bekor qilgan yoki parvozlar sonini jiddiy darajada qisqartirgan.
Turli yo‘nalishlarda paromlar qatnovi to‘xtatilgan.
Britaniyada temir yo‘llar harakatiga mas'ul bo‘lgan Network Rail kompaniyasi eng yuqori tezlikni soatiga 50 mildan (80 km) oshirmaslik bo‘yicha ogohlantirgan, ko‘plab poyezdlar harakati bekor qilingan yoki temir yo‘llarda vaziyat yomonlashgani tufayli kechikish bilan yurmoqda.
Angliyada tezyurar yo‘llar bo‘yicha shug‘ullanadigan Highways England kompaniyasining tvitterida shamoldan qulayotgan yuk mashinasi tasviri joylashtirilgan.
It's getting windy. A lucky escape for this lorry driver on the #A20 heading for Dover, he was helped out by our traffic officers. If you must travel, plan ahead, watch for fallen trees, flying cones or debris, and drive safely. Be careful out there folks #StormCiara pic.twitter.com/8U7jTWCWla
— Highways England (@HighwaysEngland) February 9, 2020
Yakshanba kuni Londonda barcha qirollik parklari, shu jumladan Hayd-park va Rijyens-park yopildi, parklarda daraxtlar yiqilishi xavfi yuzaga kelgan.
Ayni vaqtda Norfolk grafligidagi Sandringem qarorgohida bo‘lib turgan qirolicha Yelizaveta ob-havo yomonligi tufayli yakshanba kuni cherkovga chiqmadi.
«Siara» dovuli tufayli Premer-liga doirasidagi «Manchester-siti» va «Vest Hem» o‘rtasidagi o‘yin qoldirildi.
«Sheffild Yunayted» va «Bornmut» jamoalari futbolchilari esa ob-havo noqulay bo‘lishiga qaramay maydonga chiqishga qaror qilishdi.
«Siara» dovuli Uelsga ham yopirilgan, ayrim hududlarda shamol tezligi soatiga 150 kilometrga yetmoqda.
Meteorologiya xizmati xabariga ko‘ra, dushanba kuni Angliya shimolida qor yog‘ishi va yo‘llar muzlashi mumkin. Bu hududda xavflilikning sariq darajasi dushanba kuni kechgacha saqlanib turadi.
«Siara» dovuli kuchini Yevropaning materikdagi qismida ham sezishmoqda: Fransiya, Belgiya, Irlandiya va Niderlandiyada ham kuchli shamol va yomg‘irlar bo‘lishi kutilmoqda.
Belgiya va Germaniyada ham reyslar bekor qilingan.
Mavzuga oid
23:36 / 20.11.2024
Britaniyalik fermerlar yangi meros solig‘i bekor qilinishini talab qilib, norozilik namoyishi o‘tkazdi
21:14 / 20.11.2024
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ijtimoiy tarmoqlardan cheklash masalasi ko‘rib chiqiladi
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:53 / 20.11.2024