Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘iston soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Qoraqalpog‘iston Davlat soliq boshqarmasiga Bekchanov Xalmurza Tursinbayevich yangi rahbar etib tayinlandi. U Kallibek Xalmuratov o‘rnini egalladi.
O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Xalmurza Bekchanov ushbu tayinlovgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i Kenesining budjet, iqtisodiy islohotlar va investitsiyalar qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan.
Bekchanov 1971 yilda Nukusda tug‘ilgan. 1994 yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini, 2000 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Bekchanov, shuningdek, 2009 yilda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat boshqaruvi akademiyasida qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan.
8 fevralda davlat soliq qo‘mitasi tizimida 9ta tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi.
Mavzuga oid
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
18:23 / 22.08.2025
Nukus shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda
11:19 / 19.08.2025
Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etilishi mumkin
07:42 / 16.08.2025