Bezos bir hafta ichida rekord qiymatdagi aksiyalarini sotdi
Amazon asoschisi va rahbari Jyeff Bezos 2012 yildan beri tuziluvchi Bloomberg Billionaires Index (BBI) ro‘yxatidan joy olganlar orasida bir hafta ichida eng katta qiymatdagi aksiyalarni sotgan kishi bo‘ldi.
Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Dunyoning eng badavlat odami bo‘lgan Bezos 31 yanvardan 6 fevralgacha oraliqda 4,1 mlrd dollarlik 2 mlnta aksiyasini sotgan. BBI talqiniga ko‘ra, bu reyting tarixida bir hafta ichida sotilgan eng katta qiymatdagi aksiyalar bo‘ldi.
Avvalroq Bezos 31 yanvar va 3 fevralda Amazon’ning o‘ziga tegishli 1,74 mlrd dollarlik aksiyalarini sotgani ma'lum qilingandi. Ta'kidlanishicha, soliqlar to‘langandan keyin milliarderning ushbu amaliyotdan olgan sof daromadi 1,3 mlrd dollarni tashkil qilgan.
2016 yilda WhatsApp asoschilaridan biri Yan Kum bir necha oy ichida Facebook’ning 4 mlrd dollarlik aksiyalarini sotgan. O‘sha yili Stiv Jobsning rafiqasi Loren Pauell Jobs ham Walt Disney Co. kompaniyasining o‘ziga tegishli 6 mlrd dollarlik aksiyalarini sotib yuborgan.
Mavzuga oid
20:31 / 13.11.2024
Volkswagen Tesla’ning raqobatchisi bilan 5,8 mlrd dollarlik bitim imzoladi
22:52 / 11.11.2024
Amazon o‘z haydovchi va kurerlari uchun navigatsiyaga ega aqlli ko‘zoynaklarni yaratmoqda
23:26 / 17.09.2024
Amazon o‘z xodimlarini ofisdan turib ishlashga qaytarmoqchi
19:11 / 04.09.2024