Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat a'zolari eng dolzarb masalalar bo‘yicha tezkor yig‘ilishlar o‘tkazadi
Hukumat a'zolarining eng dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha haftada kamida bir marta yig‘ilib, muammolarni muhokama qilish va ular yechimini tezkorlik bilan hal etib borish tizimini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda hukumat a'zolarining tezkor yig‘ilishlar o‘tkazish tartibi takomillashtiriladi. Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Qayd etilishicha, 2020 yil 1 aprelga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga hukumat a'zolarining eng dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha tezkor yig‘ilishlar o‘tkazish tartibini takomillashtirish nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas'ullar - Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi.
Mavzuga oid
15:45 / 19.02.2026
O‘zbekistonda avtobanlar tashkil etish vazifasi davlat dasturiga kiritildi
16:46 / 17.02.2026
Elektromobil egalari mashinasini quvvatlashda subsidiya oladi
17:47 / 16.02.2026
Pedofiliya uchun umrbod qamoq jazosi kiritiladi - Davlat dasturi
17:38 / 16.02.2026