Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Joriy yilda 200ta bank xizmatlari ofislari tashkil etiladi
Banklarni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash nazarda tutilgan
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.
2020 yil 1 martga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
davlat ulushiga ega bo‘lgan banklar transformatsiyasi bo‘yicha “yo‘l xarita”larini tasdiqlash va amalga oshirish;
davlat ulushini strategik investorga sotish bo‘yicha reja-grafik tuzish;
bankning kapital, resurs bazasi va daromadlarini oshirishga qaratilgan aniq choralarni belgilash;
qonun hujjatlari va bank amaliyotini bank nazorati bo‘yicha Xalqaro Bazel qo‘mitasining bank nazorati bo‘yicha asosiy tamoyillariga muvofiqlashtirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda biznes jarayonlarini optimallashtirish;
aholi va xo‘jalik sub'yektlariga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini oshirish hamda zamonaviy chakana bank xizmatlari turlarini kengaytirish;
joriy yilda 200 ta bank xizmatlari ofislari tashkil etish;
2,4 mlrd AQSh dollari miqdorida xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish va samarali o‘zlashtirish;
qo‘shimcha 15 trln.so‘m miqdorida yuridik va jismoniy shaxslarning depozitlarini jalb qilish;
bank tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini diagnostikadan o‘tkazish va ularni zamon talablariga keltirish bo‘yicha choralar ishlab chiqish;
“kredit tarixi” axborot tizimini to‘liq ishga tushirish;
tijorat banklarida korporativ boshqaruvni rivojlantirish nazarda tutiladi.
Mavzuga oid
15:45 / 19.02.2026
O‘zbekistonda avtobanlar tashkil etish vazifasi davlat dasturiga kiritildi
16:46 / 17.02.2026
Elektromobil egalari mashinasini quvvatlashda subsidiya oladi
17:47 / 16.02.2026
Pedofiliya uchun umrbod qamoq jazosi kiritiladi - Davlat dasturi
17:38 / 16.02.2026