Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan viloyati hokimligi xizmat mashinasiga jarima solindi
Namanganda viloyat hokimi Xayrulla Bozorovning xizmat avtomobiliga jarima solindi.
«Namanganliklar» Telegram-kanalida ma'lum qilinishicha, joriy yilning 6 fevralida To‘raqo‘rg‘on tumanida davlat raqami “50 050 AAA” bo‘lgan Toyota Prado mashinasi haydovchisi yo‘l harakati xavfsizligi qoidasini buzib, tezlik 70 km/soat bilan chegaralangan joyda 81 km/soat tezlik bilan harakatlangan.

Tezlik me'yordan oshirilganini fotoradar qayd qilgan.
Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi MJtK 128(3)-moddasining birinchi qismiga asosan viloyat ma'muriyati tomonidan 223 ming so‘m jarima to‘langan.

Ta'kidlanishicha, viloyat hokimligi ishlar boshqarmasi tomonidan hokimlik transport vositalari haydovchilari bilan tushuntirish ishlari o‘tkazilgan, bundan keyingi faoliyatda yo‘l harakati qoidalariga to‘la amal qilish borasida qat'iy ko‘rsatma berilgan.
Mavzuga oid
07:18 / 05.05.2026
Suvni ifloslantirganlik uchun jarima miqdori keskin oshirildi
20:40 / 04.05.2026
96 ming so‘mlik harakat uchun 140 mlrd so‘m jarima - mutaxassis tadbirkorlarni bankrot holatiga olib kelayotgan markirovka jarimalari haqida
20:03 / 02.05.2026
Namanganda xorijdan olib kelingan qalbaki dollarlarni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
08:59 / 28.04.2026