Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy Majlis Senatida yangi tuzilma tashkil etiladi
Senatning Davlat budjetini shakllantirish va ijro etish jarayonlari ustidan hududlar manfaatidan kelib chiqqan holda nazorat olib borish faoliyatini kuchaytirish ko‘zda tutilgan
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.
2020 yil 1 aprelga qadar tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
Oliy Majlis Senatining davlat budjeti ijrosi ustidan nazorat olib borish mexanizmini belgilash;
Oliy Majlis Senatida davlat budjeti, iqtisodiyot, pul-kredit siyosati masalalarida senatorlarga professional va xolis axborot-tahliliy, ekspertlik xizmati ko‘rsatuvchi alohida tuzilma tashkil etish;
ushbu tuzilmaga yuqori malakali kadrlarni jalb qilish, 2020 yilda tuzilmaning joriy ta'minoti, xodimlar mehnatiga haq to‘lashga mablag‘ ajratish nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas'ullar - Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi.
Mavzuga oid
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
11:19 / 19.05.2026
Shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat kuchayadi
21:46 / 18.05.2026