Sport | 19:04 / 13.02.2020
9859
2 daqiqa o‘qiladi

«Chelsi» Ziyoshning transferini e'lon qildi

«Ayaks»ning asosiy futbolchilaridan biri Hakim Ziyosh faoliyatini Angliyada davom ettiradi. Amsterdam klubi ushbu futbolchini «Chelsi»ga sotgan, u yozda London klubiga borib qo‘shiladi.

Photograph: Emmanuel Dunand/AFP via Getty Images

«Ayaks» havbek Hakim Ziyosh faoliyatini «Chelsi»da davom ettirishini tasdiqladi.

Amsterdamliklar klubi ushbu marokashlik futbolchi 2020 yilning 1 iyulida «Chelsi» safiga borib qo‘shilishini ma'lum qilgan. Futbolchi mavsum yakuniga qadar «Ayaks» safida to‘p surishda davom etadi.

Ingliz klubi ham 26 yoshli havbek transferini tasdiqlagan.

Transfer qiymati 40 million yevroni tashkil etadi. Turli bonuslar hisobiga bu miqdor 44 million yevrogacha yetishi mumkin.

Ziyosh «Ayaks» safida 2016 yilning 11 sentyabrida «Vitess»ga qarshi o‘yinda debyut qilgandi (1:0). U  «Ayaks» safida 160ta rasmiy o‘yinda maydonga tushgan va 49 golga mualliflik qilgan.

Bundan avvalroq, «Chelsi» Ziyosh bilan 5 yillik shartnoma tuzgani haqida xabar qilingandi. London klubining rasmiy bayonotida aytilishicha, klub hali futbolchi shartnomaning moliyaviy jihatlarini uzil-kesil kelishib olmagan.

Mavzuga oid