O‘zbekiston | 07:57 / 13.02.2020
8324
2 daqiqa o‘qiladi

Qurolli Kuchlar Bosh shtabi qoshida yangi kengash tuziladi

Davlat harbiy tashkilotlari va mamlakat mudofaa tizimini yanada takomillashtirish ko‘zda tutilgan

Foto: KUN.UZ

Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, yil davomida amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda:

harbiy xavfsizlikni ta'minlash sohasida normativ-huquqiy asoslarni takomillashtirish, shuningdek Qurolli Kuchlarni 2020-2025 yillarda rivojlantirish bo‘yicha Kompleks dasturni ishlab chiqish;

Mamlakat mudofaasini boshqarish milliy markazining avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish va uning faoliyatini tashkil qilish;

Qurolli Kuchlar Bosh shtabi qoshida jangovar shaylik masalalarini strategik darajada ko‘rib chiqadigan Muvofiqlashtiruvchi kengashni tuzish;

qo‘shinlar tayyorgarligining intensivligi va sifatini kuchaytirish, shu jumladan jangovar va tezkor tayyorgarlik bo‘yicha turli mashqlar o‘tkazish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish;

xalqaro talablar asosida o‘quv-jangovar tayyorgarlik obektlarining holatini yaxshilash;

jangovar tayyorgarlikni avtomatik tarzda hisobga olish tizimini yaratish;

Qurolli Kuchlarni zamonaviy qurollar, texnika, harbiy-texnik va maxsus anjomlar bilan ta'minlash maqsadida 2018-2021 yillarda qo‘shinlarni qurollar va harbiy texnikaning zamonaviy namunalari bilan ta'minlash, modernizatsiya qilish va ta'mirlash ishlari bo‘yicha qabul qilingan kompleks dasturning sifatli bajarilishini ta'minlash nazarda tutiladi.

Mas'ullar - Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, DXX, IIV, FVV, Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid