Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bozor oldida 45 yoshli fuqaroni pichoqlagan shaxs ushlandi
Yangiyo‘ldagi bozor oldida fuqaroga o‘tkir tig‘li jism bilan tan jarohati yetkazgan shaxs qo‘lga olindi
Illyustrativ foto
2020 yil 10 fevral kuni soat taxminan 17:45da noma'lum shaxs Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar Navro‘z mahallasida joylashgan “Yangiyo‘l dehqon bozori” oldida mast holatda bo‘lgan fuqaro 45 yoshli R.J. bilan o‘zaro kelishmovchilik natijasida janjallashgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u tortishuv vaqtida R.J.ning tanasiga bir marotaba o‘tkir tig‘li jism bilan tan jarohati yetkazgan va Matiz rusumli avtomashinada hodisa joyidan yashiringan. Natijada R.J. olgan tan jarohatlari bilan Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni 25 yoshli D.A. sodir etganligi aniqlangan va undan Matiz rusumli avtomashinaning 2 dona kalitlari olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan D.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. D.A. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
21:49 / 18.03.2026
“Shahzod -Gold” uch yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi
13:44 / 26.02.2026
UXX ikki yuqori lavozimli harbiyni “jinoyat ustida” ushladi
20:43 / 03.02.2026