Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 1500dan oshdi
Xitoyda yangi koronavirus tufayli hayotdan ko‘z yumganlar soni 1523 kishiga yetdi, 8096 kishi tuzalib ketdi, kasallikka chalinganlar soni 66,4 ming kishidan oshdi. Bu haqda Xitoyning Gigiyena va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi shanba kuni ma'lum qildi.
Juma kuni idora 63,8 mingdan ko‘proq odam kasallangani, 1380 kishi hayotdan ko‘z yumgani va 6723 kishi tuzalib ketgani haqida xabar bergandi. Yangilangan ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirusdan rasmiy o‘lim darajasi 2,29 foizni tashkil etmoqda.
Xubey markaziy provinsiyasi kasallanganlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab turibdi, bu yerda 54,4 mingdan ko‘proq odam kasallik bilan ro‘yxatga olingan, ulardan 1457 kishi vafot etdi, 4774 nafari tuzalib ketdi. Keyingi o‘rinlardan 1,2 mingdan ortiq kishi kasallangan Guandun (janub), 1,1 mingta kasallanish holati qayd etilgan Xenan (markaz) va Chjetszyan (sharq) provinsiyalari joy oldi.
Pekinda juma kungi holatga ko‘ra 372 kishi kasallandi, ulardan 80 nafari kasalxonadan chiqarildi, uch kishi vafot etdi.
Bundan oldin, Afrikada koronavirusdan kasallanishning ilk holati qayd etilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026