Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelida Lacetti uch piyodani urib ketdi
Sergeli tumanida inson o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati bergan dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 16 fevral kuni soat 07:30larda Sergeli tumani Choshtepa ko‘chasida Yangiyo‘l tumanida yashovchi O.A. «VAZ-2106» rusumli transport vositasida harakatlanayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetida joylashgan uyning devoriga urilgan.
Shundan so‘ng Yangiyo‘l tumanida yashovchi R.Sh. Lacetti rusumli transport vositasida harakatlanib kelib «Vaz 2106» rusumli transport vositasi oldida turgan piyodalarni urib yuborgan.
Natijada, piyodalar S.I. va M.N. voqea joyida, piyoda D.R. esa shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026