Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BvaMM vazirligi «Nol jarohatlanish» strategiyasini amalga oshira boshladi
O‘zbekiston mehnatni muhofaza qilish sohasida Halqaro ijtimoiy ta'minot assotsiatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan (MASO) Vision Zero Konsepsiyasi yoki «Nol jarohatlanish» strategiyasi qo‘llanila boshlanadi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mehnatni muhofaza qilish sohasida Vision Zero Konsepsiyasi yoki «Nol jarohatlanish» strategiyasini qo‘llagan holda respublikaning korxona va tashkilotlarida shikastlanish va kasb kasalliklariga chalinishga barham berish madaniyatini keng joriy qilish choralarini ko‘rmoqda.
BvaMMV rahbari Nozim Husanovning «Xavfsiz mehnat – har bir insonning huquqi» ko‘rgazma-seminarida ma'lum qilishicha, Vision Zero Konsepsiyasi yoki «Nol jarohatlanish» – bu ishlab chiqarishning barcha pog‘onalarida uch yo‘nalishni – mehnat gigiyenasi, xodimlarning xavfsizligi va ularning farovonligini birlashtiradigan hamda ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalligi ko‘rsatkichlarining pasayishida ish beruvchilarga ko‘maklashuvchi yettita «Oltin qoidalar»ni amalga oshirishga qaratilgan.
Seminarda aniqlik kiritilishicha, davlat nazorati natijalariga binoan, baxsiz hodisalar qurilish sohasida ish hajmining oshishi bilan bir vaqtda texnologik jarayonning murakkablashishi, saqlovchi moslamalar va to‘siqlar mavjud emasligi, shuningdek xodimlar shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlanmagani, loyiha hujjatlariga va ishlab chiqarish texnologik talablariga amal qilmaslik, xodimlarning mehnati noto‘g‘ri tashkil qilinganligi, xavfsiz mehnat usullariga o‘qitilib, yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazilmagan shaxslarning ishga qo‘yilgani, xodimlarni majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmaslik va sanitariya-maishiy sharoitlar yaratilmaganlik holatlari mavjudligi sabab ro‘y bermoqda.
Butun dunyodagi mehnat qonunchiligiga muvofiq ishchilarning mehnat huquqlarini himoya qilish – bu ish beruvchining majburiyati hisoblanadi. Inson huquqlariga rioya qilish nafaqat qonuniy talab, bu sog‘lom biznes amaliyotidir.
Vazirning ta'kidlashicha, bugungi kunda tadbirkorlik sub'yektlari va korxona va tashkilotlar baxsiz hodisalar hamda kasb kasalliklari sodir bo‘lgandan keyin unga munosabat bildirish bilan chegaralanib qolinmoqda. Vaholanki, xalqaro standartlar, xususan, XMTning tavsiyasiga ko‘ra, mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi (SUOT) har bir korxona va tashkilotlarda baxsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish bo‘yicha ish o‘rinlardagi xavflarni aniqlash, baholash, ularni bartaraf etish yoki minimallashtirish choralarini ko‘rishni belgilab beradi.
Mavzuga oid
11:38 / 11.04.2023
Nozim Husanov vazir o‘rinbosarligidan ketdi
19:01 / 17.01.2023
“Sobiq vazirning so‘zlari noto‘g‘ri” - yapon kompaniyasi rahbari
21:30 / 07.01.2023
Janubiy Koreyaga ishga borishdagi korrupsiya – nega migratsiya mas’ullari qishloqlarga kirib bormagan? Sobiq vazir bilan intervyu
18:43 / 21.12.2021