Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda ayol kishi o‘g‘rilik sodir etdi, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
21 yoshli ayol xonadonga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonadan 1 900 000 so‘m va 2 600 dollarni talon-toroj qilib hodisa joydan yashiringan
2020 yil 12 fevraldan 13 fevralga o‘tar kechasi soat 03:00da 21 yoshli S.X. (ayol) o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Buxoro tumani “Udo‘gri” mahallasida joylashgan 35 yoshli G.K.ning xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonadan 1 900 000 so‘m va 2 600 AQSh dollarini yashirin ravishda talon-taroj qilib hodisa joyidan yashiringan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Buxoro tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari jarayonida S.X. IIB binosiga olib kelingan va uning yonidan ashyoviy dalillar sifatida 900 AQSh dollari va 2 260 000 so‘m pullar rasmiylashtirilib olingan, S.X. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026