Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada AQShning 715 mln dollarlik quroli behudaga yo‘qotilgani ma'lum qilindi
AQSh Suriyadagi ittifoqdoshlariga yetkazgan minglab dona qurol yaroqsiz holga kelgan yoki o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkin. Behuda yo‘qotilgan qurol qiymati 715 mln dollarga baholangan.
Bu haqda Pentagon bosh noziri hisobotiga tayanib Military Times nashri xabar berdi.
Qurollar 2017-2018 yillarda Vashington tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi guruhlarga IShIDga qarshi kurashish uchun yetkazilgan.
Anadolu axborot agentligining xabar berishicha, AQSh quroli birinchi navbatda Kurdiston ishchi partiyasi uchun mo‘ljallangan bo‘lgan.
Pentagonda ta'kidlanishicha, 4 mingdan ko‘proq qurol, jumladan pulemyotlar va granatomyotlar himoyalanmagan konteynerlarda saqlangan va shu sababli undan bir qismini zang bosib, u yaroqsiz holga kelgan.
Bundan tashqari, qurollardan bir qismi Vashington tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi guruhlarning qurolini egallab olgan jangarilar qo‘liga tushgan bo‘lishi mumkin.
Ta'kidlanishicha, Pentagon 2017-2018 yillarda Suriyada IShIDga qarshi kurashuvchi kuchlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 930 mln dollar so‘ragan. Pentagon 2020 yilda Suriyadagi ittifoqdoshlarini qo‘llab-quvvatlashga 173 mln dollar sarflashni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026