O‘zbekiston | 12:55 / 22.02.2020
5869
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazm viloyatida elektr energiyasi ta'minotida uzilishlar bo‘ladi

22 fevral kuni Xorazm viloyatining ba'zi tumanlari va shaharlarida elektr energiyasi ta'minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin. 

Foto: uzbekenergo.uz

«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Taxiatosh Issiqlik Elektr Stansiyasining 7-energiya blokida ta'mirlash ishlari olib borilishi tufayli kun davomida ba'zi tumanlar va shaharlar elektr energiyasi ta'minotidan uziladi. Ta'mirlash ishlari soat 23:55gacha davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Taxiatosh IES Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh shaharchasida joylashgan bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatini elektr energiyasi bilan ta'minlaydi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid