Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda firibgarlik sodir etgan shaxsga sud hukmi e'lon qilindi
Qarshida ikki nafar fuqaroga nisbatan firibgarlik sodir etgan shaxsga nisbatan hukm o‘qildi
2019 yil oktabr oyi boshlarida 32 yoshli Z.Z. tanishi 40 yoshli K.X.ning ishonchiga kirib, o‘z yer maydonida qurilish ishlarini bajarish uchun 2019 yil dekabr oyigacha qaytarish sharti bilan 7.000.000 so‘m pullarni olib, va'dasini bajarmasdan o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u 34 yoshli Sh.N.ning ishonchiga kirib, o‘zining tanishlari orqali 350 AQSh dollari evaziga Qarshi shahrida joylashgan qurilish obektlariga ishga kiritib qo‘yishini aytib, Sh.N.dan 350 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Z.Z.ga Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov e'lon qilingan, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining 2020 yil 3 fevral kunidagi hukmiga ko‘ra, Z.Z. aybdor deb topilib, tergov jarayonida yetkazilgan zararni to‘liq qoplaganligini inobatga olib, unga nisbatan 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
15:21 / 14.02.2026