Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng badavlat insonlari bir kunda 139 milliard dollar yo‘qotishdi
LVMH kompaniyalar guruhi bosh direktori Bernar Arno va Amazon rahbari Jyeff Bezoslarning har biri 4,8 milliard dollardan ayrildi.
Koronavirus jahon iqtisodiyotiga salbiy ta'sir qilishi ehtimoli fond bozoridagi xavotirlarga sabab bo‘lgani bois dunyoning eng badavlat insonlari dushanba kuni 139 milliard dollar yo‘qotishdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
LVMH kompaniyalar guruhi bosh direktori Bernar Arno va Amazon rahbari Jyeff Bezoslarning har biri 4,8 milliard dollardan ayrildi. Zara xo‘jayini Amansio Otrega to‘rt milliard, Mark Tsukerberg esa 3,48 milliard dollar yo‘qotdi. Dastlabki o‘ntalikdagi qolgan milliarderlarning boyligi kamida 2,3 milliard dollardan kamaydi.
Amerika fond birjalari indeksi dushanba kuni 3 foizdan ortiqroqqa tushib ketdi.
Yevropadagi fond birjalarida ham keskin pasayish kuzatildi.
Investorlar koronavirusning tarqalishidan xavotirga tushgan, chunki u Xitoy va butun dunyo iqtisodiyoti uchun xatar uyg‘otadi.
Mavzuga oid
09:16 / 03.04.2026
Oxfam: milliarderlar 3,55 trln dollarni soliqdan yashirmoqda
22:52 / 30.12.2025
Bir yil ichida dollarda milliarderga aylanganlar soni qariyb 300 kishiga oshdi
17:09 / 08.09.2025
Amerika milliarderlari Oq uyda Tramp bilan nimani gaplashdi?
22:09 / 01.05.2025