Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligida barcha turdagi xo‘jaliklar yalpi xatlovdan o‘tkaziladi
Qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi xo‘jaliklarni yalpi xatlovdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.
2020 yil 1 dekabrga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
Loyihada quyidagilarni nazarda tutuvchi Qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish konsepsiyasini tasdiqlanadi:
qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari;
qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning tashkiliy-huquqiy asoslari;
qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bosqichlari;
qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda ishtirok etuvchi tashkilotlarning vazifalari va majburiyatlari;
qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlariga jalb etiladigan xodimlar va ularning vazifalari;
qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish vaqti va uni amalga oshirish mexanizmlari;
qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ishlarini moliyalashtirish tadbirlari nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas'ullar - Davlat statistika qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, vazirlik va idoralar.
Mavzuga oid
11:46 / 19.06.2026
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
18:05 / 16.06.2026
“E, onangni... 11 gacha yopmasang, tiqib yuboraman!” - Muzrabotda fermerlar haqoratlandi
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
20:28 / 14.05.2026