Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi zavodda yuz bergan otishmada 6 kishi halok bo‘ldi
AQShning Miluoki shahridagi (Viskonsin shtati) zavodda yuz bergan otishmada 6 kishi, jumladan otishmani uyushtirgan jinoyatchining o‘zi halok bo‘ldi.
Bu haqda Milwaukee Journal Sentinel nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, otishma 26 fevral kunduzi pivo ishlab chiqaruvchi Molson Coors korxonasida yuz bergan.
Politsiya korxonaga soat 14 atrofida chaqirilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, jinoyatchi 2 ta to‘pponcha bilan qurollangan bo‘lgan va u kompaniyaning bir kun avval bo‘shatib yuborilgan sobiq xodimi bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, politsiyachilar voqea joyida o‘z o‘ziga yetkazilgan o‘qotar jarohatga ega 51 yoshli erkakni jonsiz holda topishgan. Shuningdek, yana 5 kishining jasadi topilgan.
Viskonsin vitse-gubernatori Mandela Barnsning ta'kidlashicha, bu otishma shtat hududida 2004 yildan beri yuz bergan ilk shunday hodisadir.
Mavzuga oid
12:58
Toshkent AQSh va Eron o‘rtasidagi diplomatik yutuqni yuqori baholadi
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026