Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Hindistonda musulmonlarning o‘ldirilishini qoraladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Hindiston poytaxti Nyu-Dehlidagi tartibsizliklar vaqtida musulmon fuqarolarning o‘ldirilishini qoralab chiqdi.
Fuqarolik haqidagi qonunga tuzatmalar kiritilishi sababli Hindiston poytaxti shimolida yuz bergan tartibsizliklar vaqtida 4 kun ichida 34 kishi halok bo‘ldi, 200dan ko‘proq kishi jabrlandi. Poytaxt ma'muriyati to‘qnashuvlardan keyin bir nechta tumanda komendantlik soati joriy qilgan. Nyu-Dehli bosh vaziri ushbu tumanlarga armiyani kiritishga chaqirgan.
“Hindiston ommaviy qotilliklar sodir etiluvchi davlatga aylandi. Musulmonlarni induistlar o‘ldirmoqda. Bu odamlar butun dunyoda tinchlikni qanday qo‘llab-quvvatlay oladi? Bu imkonsizdir”, deb aytgan Erdo‘g‘an Anqaradagi chiqishida.
Hindiston parlamenti o‘tgan haftada Pokiston, Afg‘oniston va Bangladeshdan kelgan qochqinlarga fuqarolik berishni soddalashtirish bo‘yicha taklif berdi - ammo bir shart bilan, ular musulmon bo‘lmasliklari kerak. Shu bilan bir vaqtda, ko‘plab shtatlarda mahalliy musulmonlar Hindiston fuqarosi ekanini isbotlashi kerak bo‘ladi. Agar ular kerakli dalillar keltira olishmasa, ularni deportatsiya kutadi.
Ushbu qonun loyihasi hindistonlik musulmonlarni g‘azablantirdi. Ularning fikricha, so‘nggi tuzatishlar konstitutsiyaga zid, chunki rasman dunyoviy hisoblangan mamlakatda aholining bir qismi diniy e'tiqodidan kelib chiqib kamsitilmoqda. Hindiston shimoli-sharqiy shtatlari aholisi ham qonunga e'tiroz bildirgan — endi ular Bangladeshdan kelgan millionlab odamlar ularning shtatlarida doimiy qolib ketishidan xavotirda. Bu tuzatishlarni mahalliy aholi manfaatlariga zid deb hisoblagan musulmonlar ommaviy norozilik aksiyalarini boshlashgan.
So‘nggi uch kun mobaynida ijtimoiy tarmoqda induistlar jamiyati vakillari qurolsiz odamlarni, jumladan, jurnalistlarni ham kaltaklayotgani tasvirlangan ko‘plab suratlar va videolar tarqaldi. Shahar ko‘chalari bo‘ylab kaltaklar va toshlar bilan qurollangan kishilar guruhlari yurib, musulmonlarni ta'qib qilishdi, guruhlar o‘rtasida qonli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026