Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yuz bergan mushtlashuv bir kishining o‘limi bilan tugadi
Samarqand viloyatida yuz bergan mushtlashuv bir kishining o‘limi bilan tugadi
2020 yil 20 fevral kuni 66 yoshli X.T. yuz va chap ko‘z jarohatlari bilan Bulung‘ur tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Bulung‘ur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilganida, X.T.ni fuqaro 32 yoshli D.X. urganligi aniqlangan.
2020 yil 23 fevral kuni X.T.,ga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. D.X. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
21:49 / 18.03.2026