Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat Haaga konferensiyasiga qo‘shilish haqidagi hujjatni ma'qulladi
Senatning ikkinchi yalpi majlisida Haaga konferensiyasi ustavini ratifikatsiya qilish masalasi ko‘rib chiqildi.
Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Haaga konferensiyasi xalqaro hukumatlararo tashkilot bo‘lib, 1893 yilda tashkil etilgan. Tashkilotning asosiy vazifasi a'zo davlatlarga xalqaro xususiy normalarni bosqichma-bosqich unifikatsiya qilishga ko‘maklashishdan iborat hisoblanadi. Tashkilotga bugungi kunda 82ta davlat, jumladan, MDH davlatlari orasidan Armaniston, Ozarboyjon, Belarus, Qozog‘iston va Rossiya Federatsiyasi a'zo bo‘lgan.
“O‘zbekistonning Haaga konferensiyasi Kengashiga kirishi orqali uning ish dasturini belgilashda ishtirok etishi, Haaga konferensiyasi tomonidan ko‘rib chiqilayotgan yangi konvensiyalar yuzasidan muzokaralarda qatnashishi va xalqaro maydonda o‘z manfaatlarini targ‘ib qilishi mumkin bo‘ladi”, deydi senator Anvar To‘ychiyev.
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne'matovning qayd etishicha, Haaga konferensiyasiga a'zolik O‘zbekistonda qabul qilinayotgan qonunlarni xalqaro qonunlarga unifikatsiya qilishga yordam beradi. Shuningdek, mamlakatning xalqaro maydondagi imijini yaxshilash, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonning tashkilotga a'zo bo‘lish haqidagi so‘rovi 2019 yil mart oyida yuborilgan bo‘lib, 2019 yil oktabr oyida barcha a'zo davlatlar bu boradagi roziligini ma'lum qilgan.
“Tashkilotga a'zolikning bir qancha foydali jihatlari mavjud. Bu oilaviy huquqlar, oila bo‘yicha qonunlarni xalqaro huquqqa unifikatsiya qilishga yordam beradi. Shuningdek, chet eldagi fuqarolar va yuridik shaxslar huquqlarini himoya qilishga yordam beradi. Ya'ni chet elda istiqomat qilayotgan fuqarolarning turli yuridik harakatlarni amalga oshirishida huquqiy asoslarning bo‘lishi imkonini beradi”, deya izohladi Ilhom Ne'matov.
O‘zbekistonning Haaga konferensiyasi bilan hamkorligiga mas'ul milliy organ sifatida Tashqi ishlar vazirligi belgilanmoqda.
“Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Haaga konferensiyasi Ustavini ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026