O‘zbekiston | 10:13 / 28.02.2020
7998
1 daqiqa o‘qiladi

Senatning ikkinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi 

Foto: KUN.UZ

Bugun, 28 fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ikkinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Bu haqida Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Yalpi majlisda 10ga yaqin qonun hujjatlari, Tibbiy-mehnat ekspertlari komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va nogironlikni aniqlash masalasi yuzasidan parlament so‘rovini yuborish, ilgari Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan ikkita parlament so‘rovi natijalarini muhokama qilish hamda yuqori palata vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Yalpi majlis ishini Oliy Majlis Senatining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn rejimda kuzatib borish mumkin:  

http://www.senat.uz/uz/

http://www.facebook.com/senatuzb/

https://www.youtube.com/channel/UC_DyodxEctuQjNJ81TWNtHQ

Гулзода Иброҳимова
Tayyorlagan Гулзода Иброҳимова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid