Koronavirusdan zararlanganlar soni 87 mingga yaqinlashdi
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 79824 nafarga yetdi, ulardan 2870 kishi vafot etgan. 41 625 ming kishi sog‘ayib ketgan.
29 fevral kuni butun mamlakat bo‘ylab 573ta yangi kasallanish holati qayd etilgan, 35 kishi vafot etgan.
Hukumat Xitoyning materik qismidan tashqaridagi hududlarida 144 kasallanish: Hongkongda 95 holat (2 nafar bemor vafot etgan), Makaoda 10ta holat, Tayvanda 39 holat (bir nafar bemor vafot etgan) holati qayd qilinganini ma'lum qilgan.
South China Morning Post xabar berishicha, dunyoning Xitoydan tashqari yana 60ga yaqin mamlakatida koronavirus bilan kasallanishning 7 mingga yaqin holati qayd etilgan va jami bemorlar soni 87 mingga yaqinni tashkil etmoqda. Xitoydan keyin infeksiyaning ikkinchi yirik o‘chog‘i Janubiy Koreya hisoblanmoqda. U yerda qariyb 3500 odam kasallangan. Italiyada 1128 holat (29 nafar bemor vafot etgan), Eronda 593 (43 nafar bemor vafot etgan) qayd qilingan.
COVID-19 virusidan o‘lim holatlari ilk marta AQSh, Tailand va Avstraliyada ham qayd etildi.
Mavzuga oid
23:09 / 05.10.2024
Gvatemalada o‘zbek migrantlari kontrabandasi bilan shug‘ullangan politsiyachilar hibsga olindi
15:16 / 05.10.2024
Putin administratsiyasidan AQShga qochgan mulozim
11:10 / 05.10.2024
AQSh Yamandagi husiychilar nishonlariga raketa zarbalari berdi
09:50 / 05.10.2024