Makron Rossiyani Idlibdagi harbiy harakatlarini to‘xtatishga chaqirdi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiyani Suriyaning shimoli-g‘arbidagi hujumlarni darhol to‘xtatishga chaqirdi.
Yelisey saroyi bergan yozma bayonotga ko‘ra, Makron Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan Idlibdagi mavjud vaziyatni muhokama qildi.
Makron mintaqada davom etayotgan gumanitar vaziyatdan xavotirda ekanligini bildirgan. Idlibda turk askarlariga qilingan hujum ortidan Erdo‘g‘anga hamdardlik bildirib, 2018 yil Istanbulda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qabul qilingan qarorlar doirasida mintaqada «nizolarga darhol barham berish va doimiy sulhni ta'minlash» masalasida Rossiya va Turkiyaga murojaat qildi.
Rossiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi a'zosi sifatida mas'uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerakligini ta'kidlagan Makron ushbu mamlakatni Suriyaning shimoli-g‘arbidagi hujumlarni darhol tugatishga, xalqaro gumanitar qonunlar va fuqarolik jamiyatini himoya qilishga chaqirdi.
Fransiya mintaqadagi siyosiy vaziyatni yumshatishga hissa qo‘shishga tayyorligini ta'kidlab, tinch aholi ehtiyojlarini qondirish uchun yevropalik hamkorlari bilan birga harakat qilishlarini bildirdi.
Shuningdek, migratsiya oqimlarini boshqarishda Turkiyaga Fransiya va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik qilishni taklif etdi.
Mavzuga oid
17:53
AQSh razvedkasi Putinning xorijdagi muxoliflari o‘ldirilishiga oid maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi
16:33
Merkel: Menda hech qachon Putin bo‘yicha illyuziyalar bo‘lmagan
12:21
Putin: Rossiya jangda «Oreshnik» raketasini sinovdan o‘tkazishda davom etadi
23:44 / 22.11.2024