Jahon | 19:42 / 03.03.2020
4051
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada parlament saylovlari o‘tkaziladigan sana belgilandi

Suriya prezidenti Bashar Asad uchinchi chaqiriq xalq kengashiga saylovlar to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Farmonga ko‘ra, parlament saylovlari 13 aprelda bo‘lib o‘tadi.

Foto: AP/ arxiv

Bu haqda SANA axborot agentligi xabar berdi

Mamlakatning bir palatali parlamentiga avvalgi saylovlar 2016 yil 13 aprelda bo‘lib o‘tgan. O‘shanda saylovchilar ishtiroki 57,6 foizni tashkil qilgan va parlamentdagi 250 o‘ringa 3,5 ming nomzod da'vogarlik qilgan. Deputatlar 4 yillik muddatga umumiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri va yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylangan.            

O‘shanda ko‘pchilik o‘rinni (172 ta) Asad raislik qiluvchi va 10 ta partiyadan tashkil topgan koalitsiya - Progressiv milliy front deputatlari egallagan. Qolgan 78 o‘rinni esa mustaqil deputatlar egallagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid