Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik 4 sportchiga O‘zbekiston tarkibida Olimpiadada qatnashish huquqi berildi
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) rossiyalik 4 nafar sportchiga O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibida Tokio-2020 Olimpiadasida ishtirok etishga ruxsat berdi.
XOQ vakili Mark Adams tomonidan Lozanna shahrida o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu haqda e'lon qilindi.
Endi Rossiya milliy jamoasi tarkibida velosport bo‘yicha Olimpiadaning uch karra sovrindori bo‘lgan Olga Zabelinskaya, shuningdek, beshkurashchilar Alise Faxrutdinova va Aleksandr Savkin, erkin kurash bo‘yicha Yevropa chempioni Ilyas Bekbulatov Tokio-2020 Olimpiadasida O‘zbekiston sharafini himoya qilishadi.
Qoidaga ko‘ra, fuqaroligini o‘zgartirgan sportchilar kamida 3 yil davomida «karantin» qilinishi, ya'ni Olimpiada va jahon chempionatlarida ishtirok etmasligi lozim edi. Adams xabariga ko‘ra, Zabelinskayaning karantin muddati 2 yilga qisqartirildi, qolgan sportchilarga hech qanday karantinsiz ishtirok etish huquqi berildi.
Qayd qilish joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston xorijlik sportchilarni o‘z bayrog‘i ostiga jalb qilish bilan faol shug‘ullanmoqda. Avvalroq meksikalik qilichboz ayol Paola Pliyego O‘zbekiston fuqaroligini olgan edi. Yaqin orada rossiyalik xokkeychilardan iborat O‘zbekiston milliy jamoasi ham tashkil etilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026